"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

OʻZBEKISTON HUDUDLARIGA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING JOZIBADORLIK OMILLARI

Mualliflar

  • Toʻychiyev Ibrohim Ilyos oʻgʻli

    Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi 2- bosqich talabasi
    Author

Kalit so'zlar:

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, investitsion jozibadorlik, hududiy rivojlanish, investitsiya muhiti, infratuzilma, inson kapitali, erkin iqtisodiy zona, eksport salohiyati, investitsion xavf, iqtisodiy o‘sish

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi hududlariga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’sir etuvchi iqtisodiy, infratuzilmaviy, institutsional, mehnat, tabiiy-resurs va geografik omillar tadqiq etilgan. Hududlarning investitsion jozibadorligi ularning tabiiy resurslarga egaligi bilangina emas, balki transport logistika infratuzilmasi, energiya ta’minoti, inson kapitali, ichki bozor sigʻimi, eksport imkoniyatlari, davlat boshqaruvi sifati va investorlar huquqlarining kafolatlanganligi bilan ham belgilanishi asoslab berilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, guruhlash va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar Oʻzbekiston hududlarida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar bir tekis taqsimlanmaganligini, investitsiyalar ko‘proq tabiiy resurslarga, rivojlangan sanoat bazasiga yoki qulay logistika imkoniyatlariga ega hududlarda jamlanayotganini ko‘rsatadi. Maqolada hududlarning investitsion salohiyatini oshirish, investitsiya loyihalarini sifatli tayyorlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, mahalliy boshqaruv organlarining institutsional imkoniyatlarini kuchaytirish va investorlar uchun barqaror biznes muhitini shakllantirish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Dunning, J. H., Lundan, S. M. Multinational Enterprises and the Global Economy. Cheltenham: Edward Elgar Publishing, 2008.

2. Krugman, P. R., Obstfeld, M., Melitz, M. J. International Economics: Theory and Policy. Pearson Education, 2018.

3. Porter, M. E. The Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press, 1990.

4. UNCTAD. World Investment Report 2024: Investment Facilitation and Digital Government. Geneva: United Nations, 2024.

5. UNCTAD. World Investment Report 2025: International Investment in the Digital Economy. Geneva: United Nations, 2025.

6. World Bank. Global Economic Prospects. Washington, D.C.: World Bank, 2025.

7. Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2019-yil 25-dekabr, OʻRQ–598-son.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. “Oʻzbekiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar”, 2024.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy holati: investitsiyalar va qurilish. Toshkent, 2024.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. Oʻzbekistonda 2025yilda amalga oshirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi rasmiy ma’lumotlar. Toshkent, 2026.

11. Invest Uzbekistan. Investment Guide Uzbekistan. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalarni jalb etish agentligi, 2025–2026.

12. Hymer, S. H. The International Operations of National Firms: A Study of Direct Foreign Investment. Cambridge: MIT Press, 1976.

13. Caves, R. E. Multinational Enterprise and Economic Analysis. Cambridge: Cambridge University Press, 2007.

14. Blomström, M., Kokko, A. “The Economics of Foreign Direct Investment Incentives.” Foreign Direct Investment into Developing Countries, 2003, pp. 37–60.

15. OECD. FDI Qualities Policy Toolkit. Paris: OECD Publishing, 2022.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-07-13