YOSHLAR O‘RTASIDA SODIR ETILAYOTGAN JINOYAT VA HUQUQ UZARLIKLARGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS’ULMIZ
Kalit so'zlar:
yoshlar, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, oila, mahalla, ta’lim muassasasi, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy mas’uliyatAnnotatsiya
Mazkur maqolada yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-ma’naviy oqibatlari hamda oldini olish mexanizmlari tahlil qilinadi. Yoshlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishiga oiladagi nosog‘lom muhit, nazoratning yetarli emasligi, huquqiy savodxonlikning pastligi, ishsizlik, bo‘sh vaqtning mazmunli tashkil etilmasligi, salbiy tengdoshlar ta’siri, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi zararli axborotlar kabi omillar sabab bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emasligi, bunda oila, mahalla, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilikning hamkorligi muhimligi asoslanadi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni ta’lim, kasb-hunar, sport, san’at va tadbirkorlikka yo‘naltirish, muammoli yoshlar bilan individual ishlash hamda erta profilaktika choralarini kuchaytirish zarurligi yoritiladi. Maqolada yoshlar o‘rtasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda umumiy ijtimoiy mas’uliyat, uzluksiz tarbiya va manfaatdor tashkilotlar hamkorligiga asoslangan kompleks yondashuv taklif etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ–371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
4. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
5. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ–139-sonli “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF–5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ–2833-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.