logo

G‘O‘ZADA BIR DONA KO‘SAKDAGI PAHTA VAZNINING IRSIYLANISHI (Gossypium hirsutum L., Andijon 35 navi misolida)

Mualliflar

  • Mansuralieva Sevara

    Andijon davlat universiteti
    Author

Kalit so'zlar:

g‘o‘za, ko‘sak vazni, irsiylanish, miqdoriy belgi, variabellik, seleksiya.

Annotatsiya

Bir dona ko‘sakdagi paxta vazni g‘o‘za hosildorligini shakllantiruvchi muhim miqdoriy belgilaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda Andijon–35 g‘o‘za navida ko‘sak vaznining fenotipik o‘zgaruvchanligi hamda uning tola uzunligi, tola og‘irligi, chigit og‘irligi, tola chiqimi va chigit soni bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot 20 ta individual o‘simlik namunasi asosida olib borildi va asosiy statistik ko‘rsatkichlar hisoblandi. Natijalarga ko‘ra, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 3,0–7,0 g oralig‘ida o‘zgarib, o‘rtacha 4,83 ± 0,23 g ni tashkil etdi, variatsiya koeffitsienti esa 21,3 % ga teng bo‘ldi. Tola uzunligi nisbatan barqaror belgi sifatida namoyon bo‘lsa, tola va chigit og‘irligida yuqoriroq variabellik kuzatildi. Olingan natijalar ko‘sak vazni poligen xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi hamda ushbu belgi bo‘yicha tanlash seleksiya jarayonida samarali ekanligini ko‘rsatadi. 

Bir dona ko‘sakdagi paxta vazni g‘o‘za hosildorligining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Gossypium hirsutum L. turiga mansub Andijon–35 navida ko‘sak vaznining fenotipik o‘zgaruvchanligi hamda uning tola uzunligi, tola og‘irligi, chigit og‘irligi, tola chiqimi va chigit soni bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot 20 ta individual o‘simlik namunasi asosida olib borildi. 

Ko‘sak vazni 3,0–7,0 g oralig‘ida o‘zgarib, o‘rtacha 4,83 ± 0,23 g ni tashkil etdi (CV = 21,3 %). Tola uzunligi nisbatan barqaror (CV = 10,2 %) bo‘lib, tola va chigit og‘irligida yuqoriroq variabellik kuzatildi. Natijalar mazkur belgining poligen xarakterga ega ekanligini va seleksiya jarayonida samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Kamenova E.I. I zmеnchivost pri gibridizatsii geograficheski - otdalеnnyx form xolpchatnika // Avtoref. dis… kand. biol. nauk. – Toshkent: O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Kimyo-texnologik va biologik fanlar bo‘limi, 1967. – 26 b.

Maksudov Z.Yu. Izuchеniе gibridov, poluchеnnyx ot skrеshchivaniya ekologicheski - otdalеnnyx sortov xolpchatnika G. hirsutum L. // Avtoref. dis… kand. q/x. nauk. – Toshkent: Toshkent qishloq xo‘jalik instituti, 1967. – 27 b.

Simongulyan N.G. Genetika, seleksiya va sеmеnovodstvo xolpchatnika. – Toshkent: Mehnat, 1980.

Rystakov V.S., Avtonomov V.A. I zmеnchivost vykhoda volokna i ekologicheski otdalеnnyx gibridov // Xolpаkovodstvo, 1980. – №3. – B. 24–25.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-02-26