"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

IJTIMOIY TARMOQLARDA IDEAL OBRAZLAR (BODY IMAGE)NING YOSH QIZLAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Mualliflar

  • Sobirov A.A

    Author
  • Radjabova Z.M

    Buxoro davlat pedagogika instituti
    Author

Kalit so'zlar:

Ijtimoiy tarmoqlar, ideal obraz, body image, yosh qizlar, psixologik ta'sir, o'z-o'zini baholash, ijtimoiy taqqoslash, ruhiy salomatlik, media savodxonlik, ijtimoiy tarmoqlar, o'ziga ishonch, stress, ijtimoiy taqqoslash

Annotatsiya

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng targ'ib qilinayotgan ideal tashqi ko'rinish (body image) standartlarining yosh qizlar psixologik holatiga ta'siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Instagram, TikTok va boshqa vizual platformalarda namoyish etilayotgan mukammal tana obrazlarining o'z-o'zini baholash, tanadan qoniqish darajasi, ruhiy barqarorlik hamda psixologik xavfsizlikka ta'siri o'rganildi. Shuningdek, ideal obrazlar bilan ijtimoiy taqqoslash natijasida yuzaga keladigan past o'ziga baho, tashvish, depressiv holatlar va ovqatlanish buzilishlari xavfi yoritildi. Tadqiqot natijalari yosh qizlar orasida media savodxonlikni oshirish va psixologik himoya mexanizmlarini rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi. Mazkur ilmiy maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng targ'ib qilinayotgan ideal tashqi ko'rinish (body image) obrazlarining yosh qizlar psixologik holatiga ta‟siri empirik tadqiqot asosida o'rganilgan. Tadqiqot davomida 18–25 yoshdagi respondentlar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilib, ideal obrazlar bilan doimiy taqqoslashning o'ziga ishonch, tanadan qoniqish darajasi, stress va tashvish holatlariga ta'siri tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardagi mukammallashtirilgan tasvirlar yosh qizlarda psixologik noqulaylik, o'zini past baholash va emotsional zo'riqishga olib kelmoqda. Tadqiqot natijalari profilaktik psixologik yondashuvlar va media savodxonlikni oshirish zarurligini asoslaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning psixologik salomatligiga ta'siri: ilmiy-nazariy va amaliy tahlil A.A.Sobirov, Z.M.Radjabova Buxoro davlat texnika universiteti Resurstejamkor qishloq va suv xo'jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami 527-530 bet. 30-31-oktabr 2025 yil, Buxoro.

Raqamli platformalarda shaxslararo muloqotning psixologik xavfsizlikka ta'siri A.A.Sobirov, Z.M.Radjabova Buxoro davlat texnika universiteti Qishloq va suv xo'jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo'llash mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami 410-412 bet. 16-17-dekabr 2025 yil, Buxoro.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-04-01