IJTIMOIY ANGLAGANLIK VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR
Kalit so'zlar:
ijtimoiy anglaganlik, ijtimoiy xulq-atvor, empatiya, ijtimoiy normalar, prosotsial xulq, huquqiy ong, psixologik mexanizmlar, yoshlar siyosatiAnnotatsiya
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy anglaganlik va ijtimoiy xulq-atvor o'rtasidagi bog'liqlikni o„rganish psixologiya, pedagogika va sotsiologiyaning dolzarb masalalaridan biridir. Ijtimoiy anglaganlik – shaxsning o'z harakatlari, atrofdagilarning histuyg'ulari va ijtimoiy normalarni tushunish qobiliyati bo'lib, u ijtimoiy xulq-atvorning asosiy regulyatori hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to'g'risida”gi Qonuni va “O'zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarda ijtimoiy mas'uliyat, huquqiy ong va sog„lom xulq-atvorni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu tezisda ijtimoiy anglaganlikning tarkibiy qismlari, uning xulq-atvorga ta‟sir mexanizmlari hamda o'smirlarda ijobiy ijtimoiy xulq-atvorni rivojlantirishning pedagogikpsixologik omillari tahlil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G'oziyev E.G. Umumiy psixologiya. – T.: 2002.
2. Xaydarov F.I. Umumiy psixologiya. – T.: 2020.
3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – T.: 2010.