SUN’IY INTELLEKT VA NEYRON TARMОQLARI YORDAMIDA DONNING NAMLIK DARAJASINI PROGNOZLI BOSHQARISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Kalit so'zlar:
energiya tejamkorlik, makkajo'xori tiklash, intellektual boshqaruv, algoritmlar, iqtisodiy samaradorlik, monopoliya, narx shakllanishiAnnotatsiya
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi energiya tejamkor makkajo'xori tiklash qurilmasining intellektual boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqish orqali qishloq xo‘jaligida samaradorlik va iqtisodiy foyda ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat. Tadqiqotda energiya tejamkor qurilmalar yordamida ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulot yetishtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy jihatdan, intellektual boshqaruv algoritmlari ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini optimallashtirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va foyda darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bozor sharoitida monopoliyalarning mavjudligi energiya tejamkor texnologiyalarning narx shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi, bu esa mahsulot narxining oshishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda monopoliyaning narx shakllanishiga ta'siri, raqobat muhitini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish yo‘llari iqtisodiy tahlil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mankiw N.G. Principles of Economics. Cengage Learning, 2021.
2. Varian H.R. Intermediate Microeconomics: A Modern Approach. W.W. Norton & Company, 2022.
3. Samuelson P.A., Nordhaus W.D. Economics. McGraw-Hill, 2019.
4. Uzbekistan Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2020.
5. Krugman P., Wells R. Microeconomics. Worth Publishers, 2018.
6. Aghion P., Howitt P. Endogenous Growth Theory. MIT Press, 2009.
7. Shodmonov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2021.
8. Uzbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Qishloq xo‘jaligida energiya samaradorligini oshirish. Toshkent, 2022.