UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
Kalit so'zlar:
undosh tovushlar, talaffuz, imlo, fonetika, orfoepiya, orfografiya, jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, assimilatsiya, dissimilatsiyaAnnotatsiya
Mazkur maqolada o'zbek tilidagi undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Undosh tovushlar nutq jarayonida ma'no farqlash, so'z shakllarini to'g'ri ifodalash va yozma nutq savodxonligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Maqolada jarangli va jarangsiz undoshlar, portlovchi, sirg'aluvchi hamda sonor tovushlarning talaffuz xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, undoshlarning so'z boshida, o'rtasida va oxirida kelishiga ko'ra yuzaga keladigan fonetik o'zgarishlar, assimilatsiya va dissimilatsiya hodisalari izohlanadi. Imlo bilan bog'liq murakkab holatlar, xususan, qo'sh undoshlar yozilishi, talaffuz va yozuv o'rtasidagi tafovutlar ham misollar asosida tushuntiriladi. Ta'lim jarayonida undosh tovushlarni to'g'ri o'rgatish usullari va o'quvchilarda orfoepik hamda orfografik ko'nikmalarni shakllantirish yo'llari bo'yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari ona tili ta'limi sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xasanov, B. (2018). O'zbek tili fonetikasi va undosh tovushlar. Toshkent: Fan va texnologiya. – B. 45-78.
2. Qodirov, S. (2020). O'zbek tilining orfoepik qoidalari. Toshkent: O'zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti. – B. 12-56.
3. Mirzaev, T. (2017). Undoshlar va ularning talaffuzi. Toshkent: «Sharq» Nashriyoti. – B. 33-70.
4. Yo'ldoshev, A. (2019). Fonetik hodisalar va orfografiya masalalari. Toshkent: «O'zbekiston» Nashriyoti. – B. 20-65.
5. Rustamov, N. (2021). O'zbek tilida qo„sh undoshlar va talaffuz xatoliklari. Toshkent: Akademnashr. – B. 14-50.