"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

«DEVOR ORTIDAGI GUVOH»: OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK TOʻGʻRISIDAGI MAʼMURIY ISHLARDA ISBOTLASH MUAMMOLARI VA RAQAMLI DALILLAR IMKONIYATLARI (MJtK 59²-MODDASI MISOLIDA)

Mualliflar

  • USMONOV SHAXZOD SHERZOD OʻGʻLI

    Author

Kalit so'zlar:

isbotlash, dalil, oilaviy zoʻravonlik, MJtK 59²-moddasi, raqamli dalil, sud-tibbiy ekspertiza, jabrlanuvchi koʻrsatuvi, shaxsiy maʼlumotlar, himoya orderi

Annotatsiya

Maqolada oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutuvchi MJtK 59²-moddasi boʻyicha ishlarda dalillarni toʻplash va baholashning oʻziga xos qiyinchiliklari tahlil etiladi. Oilaviy zoʻravonlik odatda berk makonda, begona guvohlarsiz sodir etilgani sababli isbotlash jarayoni jabrlanuvchining shaxsiy koʻrsatuviga haddan tashqari bogʻlanib qolmoqda. Muallif dalillarning tibbiy, ruhiy, iqtisodiy va raqamli turlarini qiyosiy koʻrib chiqib, «dastlabki 24 soat dalil protokoli», sud-psixologik ekspertiza standarti, huquqni muhofaza qiluvchi xodim kamerasi hamda jabrlanuvchisiz isbotlash mexanizmi kabi takliflarni ilgari suradi. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (1994-yil 22-sentabr), 59² -modda. — https://lex.uz

2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (1994-yil 22-sentabr), 126¹ -modda. — https://lex.uz

3. Oʻzbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonuni, 2019-yil 2-sentabr, OʻRQ-561-son. — https://lex.uz

4. Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni, 2019yil 2-iyul, OʻRQ-547-son. — https://lex.uz

5. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrir, 2023). — Toshkent: Adolat, 2023.

6. Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasi (CEDAW), 1979-yil.

7. Qashqadaryoda erkak janjal vaqtida xotinining qoʻlini tishladi // Zamin.uz. — https://zamin.uz/uz/jamiyat/223106-qashqadaryoda-erkak-janjal-vaqtida-xotininingqolini-tishladi.html

8. Maktab toʻgaragiga bormagan bolasini urgan ona qamaldi // Zamin.uz. — https://zamin.uz/uz/jamiyat/216429-maktab-togaragiga-bormagan-bolasini-urgan-onaqamaldi.html

9. Oilaviy zoʻravonlikdan himoyalangan ayol quvonchi // Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali. —https://gov.uz/oz/tertu/news/view/224804

10. Oʻzbekistonda 10 oyda oiladagi zoʻravonlik tufayli javobgarlikka tortilganlar soni maʼlum boʻldi // Kun.uz. — https://kun.uz/05933331

11. Maishiy jinoyatlarga qarshi kurashishning kriminologik va jinoyat-huquqiy choralari // Ijtimoiy innovatsiyalar jurnali. https://inlibrary.uz/index.php/socinov/article/view/67328

12. Oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning xalqaro tajribasi // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, 2025, №9. — https://journal.namdu.uz/archive/2025issue-9

13. Praktika rassmotreniya sudami administrativnykh pravonarusheniy, svyazannykh s semeynym (bytovym) nasiliem. — UNDP, 2025. — https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/202503/praktika_rassmotreniya_sudami_administrativnykh_pravonarusheniy.pdf

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-11-22