YOSH SPORTCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATINI TAHLIL QILISH ASOSIDA MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
Kalit so'zlar:
yosh sportchilar, musobaqa faoliyati, mashg„ulotlarni rejalashtirish, sport tayyorgarligi, mashg„ulot jarayoni, tahlil, sport natijalari, individual yondashuv.Annotatsiya
Mazkur maqolada yosh sportchilarning musobaqa faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida mashg'ulot jarayonini rejalashtirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida sportchilarning musobaqa davomida namoyon etadigan jismoniy, texnik-taktik va psixologik ko'rsatkichlari tahlil qilinib, ularning mashg'ulot samaradorligiga ta'siri aniqlangan. Musobaqa faoliyatida uchraydigan kamchiliklar va muammolarni aniqlash orqali mashg'ulot yuklamalarini individual rejalashtirish, mashg'ulot mazmunini optimallashtirish hamda sport natijalarini barqaror oshirish yo'llari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yosh sportchilar bilan ishlash jarayonida musobaqaga tayyorgarlikni ilmiy asosda tashkil etish, mashg'ulot jarayonida musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan usullardan foydalanish zarurligini ko'rsatadi. Olingan xulosalar sport murabbiylari va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Yoshlar sportini rivojlantirish va sport maktablari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-443-son qaror, 2024-yil 18-dekabr. – Toshkent.
Miradilov B.M., Karimov B.Z., Umbetova M.A. Sport pedagogik mahoratini oshirish (bаskеtbоl): O'quv qo'llanma. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017. – 251
Pulatov A.A., Qdirova M.A. Sport pedagogik mahoratni oshirish (voleybol): O'quv qo'llanma. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2018. – 251 b. https://minsport.uz/ O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
https://sportedu.uz/ Jismoniy tarbiya va sport bo„yicha mutaxassislarni ilmiymetodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi.