logo

MAHSULOT YETKAZIB BERISH SHARTNOMALARINI BUZISH HOLATLARIDA TARAFLARNING JAVOBGARLIGI: QIYOSIY-HUQUQIY VA AMALIY TAHLIL

Authors

  • Oysha Axunova

    Author

Keywords:

mahsulot yetkazib berish shartnomasi, shartnomaning buzilishi, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, neustoyka, zararlarni qoplash, shartnomaning jiddiy buzilishi, qiyosiy huquqshunoslik, Venna Konvensiyasi (CISG), sud amaliyoti

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi doirasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlikning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy qonunchilik normalari xalqaro amaliyot, xususan, BMTning Tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Venna Konvensiyasi) va ayrim xorijiy huquqiy tizimlardagi (masalan, umumiy huquq) yondashuvlar bilan qiyoslanadi. Maqolada yetkazib beruvchi va sotib oluvchining javobgarlikka tortilishining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, tovarlarni to‘liq yetkazib bermaslik, sifatsiz mahsulot topshirish va to‘lov majburiyatlarini bajarmaslik oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida neustoyka va zararlarni qoplashning o‘zaro nisbati, "jiddiy buzish" kabi baholovchi mezonlarning qo‘llanilishi hamda boy berilgan foydani isbotlashdagi mavjud muammolar aniqlanib, shartnoma intizomini mustahkamlashga qaratilgan amaliy va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari surilgan.

References

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. (1980). United Nations Convention on Contracts for the International Sale of Goods (CISG).

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2006 yil 15 dekabrdagi 163-sonli "Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida"gi qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi 670-I-son Qonuni. (1998). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 9-son, 170-modda.

4. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. (1996, 29 avgust). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 11-12-son.

5. Zokirov, I. B. (Ed.). (2010). O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh (Birinchi qism, II jild). T.: Adolat.

Downloads

Published

2025-08-18