logo

SUZISH TEXNIKASINI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Authors

  • Azamov Abbos Akmal o'g'li

    Toshkent oriental universitetinin sport faoliyati va faoliyat turlarining 1- bosqich magistranti
    Author
  • Xudayberdiyev Nodirbek Abdullayevich

    O'zbekiston respublikasi Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi professori
    Author

Keywords:

suzishni o'rgatish, innovatsion pedagogik texnologiyalar, modulli uskunalar, akvaaerobika, virtual reallik, survival swimming, TPACK

Abstract

Suzish inson salomatligini mustahkamlovchi, reabilitatsion hamda hayotiy xavfsizlikni ta‟minlovchi noyob jismoniy faoliyat turlaridan biridir. Biroq an'anaviy metodikalar ko''pincha o'quvchining yosh, jins, motivatsiya, individual qo'rquv 
(suvdan cho'chish), texnik o'zlashtirish tezligi kabi omillarini yetarli darajada hisobga olmaydi. Shu sababli suzishni o'rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada suzishni o'rgatish jarayonini 
takomillashtirish uchun zamonaviy yondashuvlar: akvaaerobika, gidroplastika, figurali va sinxron suzish elementlari, modulli uskunalardan foydalanish, elektron trenajorlar hamda virtual reallik (VR) asosidagi survival swimming (hayotiy xavfsizlik suzishi) modellarining pedagogik imkoniyatlari tizimli tahlil qilindi. Ayniqsa, VR asosidagi darslarda o„qituvchining pedagogik kompetensiyasi va texnologiyani integratsiya qilish mahorati hal qiluvchi omil ekanligi TPACK modeli doirasida yoritildi. Tadqiqot mantiqiytahliliy yondashuv, manbalarni taqqoslash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish usullari orqali olib borildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, innovatsion texnologiyalar samarasi ularning “mavjudligi” bilan emas, balki dars dizayni, maqsadlar aniqligi, baholash, xavfsizlik (jumladan VR-dizziness), o'quvchi ehtiyojiga moslashtirish va motivatsiyani kuchaytirish kabi pedagogik mezonlar bilan belgilanadi. Xulosa sifatida suzishni o'rgatishda innovatsion texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, o'qituvchilarni TPACK kompetensiyasi asosida tayyorlash va modulli-hibrid (suv + quruqlik + VR) o'quv modelini qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

References

1. Melnikov A. V., Shinkaruk V. O., Seleshchuk A. Suzishni o„rgatishda innovatsion metodlardan foydalanish. Mixail Dragomanov nomidagi Ukraina davlat universiteti ilmiy jurnali, 2024, 4(177), 95–98.

2. Stepchuk N. V., Mordvintsev G. O., Susla V. Maktabgacha yoshdagi bolalarni suzishga o'rgatishda zamonaviy innovatsion metod va texnologiyalardan foydalanish. Ujgorod universiteti ilmiy axborotnomasi, 2023, 1(52), 206–209.

3. Simak N. D., Odinets T. Ye. Boshlang„ich tayyorgarlik bosqichida bolalarni suzishga o'rgatishning tashkiliy-metodik xususiyatlari. Milliy pedagogika universiteti ilmiy jurnali, 2022, 10(155), 166–170.

4. Briskin Yu. A., Smirnovskiy S. B., Smirnovska S. B., Slimakovskiy O. V. Maktabgacha yoshdagi bolalarni suzishga o„rgatishda innovatsion vositalardan foydalanish. Milliy pedagogika universiteti ilmiy jurnali, 2022, 10(155), 44–47.

5. Shin Y. Ch., Kim Ch. VR asosidagi survival swimming instruktorlarining pedagogic kompetensiyasini TPACK modeli asosida tahlil qilish. Education Sciences, 2024, 14(5), 460

6. Yarmolenko M., Shinkaruk O., Maksimenko V. Sportchilar tayyorlash jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari. Milliy pedagogika universiteti ilmiy jurnali, 2022, 2(146), 143–147.

7. Qobiljonov Qosimjon Qobiljonovich. Suzish va uni o‘qitish metodikasi : o„quv qo„llanma. Buxoro,“buxoro determinanti” MCHJning Kamolot nashriyoti, 2022. 144 b.

Downloads

Published

2026-03-27