Davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik va yuridik klinikalar faoliyati
Abstract
Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik institutlarda tahsil olayotgan talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish kelajakda jamiyat azolarining huquqiy savodxonligini ta‘minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli pedagogik ta‘lim muassasalari va davlat organlari o'rtasida samarali ijtimoiy sheriklikni yo'lga qo'yish dolzarb bugungi kunda masalalardan biridir. Mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundaki, ta‘lim tizimida huquqiy ta‘lim va tarbiya jarayonlarini zamonaviy mexanizmlar asosida tashkil etish, davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali talabalarning huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati tobora ortib bormoqda. Shu sababli pedagogik institutlar va davlat organlari o'rtasidagi ijtimoiy sheriklik — bu ta‘lim sifati va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik faoliyatidir. Ushbu sheriklik doirasida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya boshqarmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari bilan turli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari va amaliy mashg'ulotlar tashkil etiladi. Davlat organlari mutaxassislari ishtirokida o'tkaziladigan uchrashuvlar talabalarning amaliy huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Interaktiv ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish.
References
1. Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar, 2020. – 480 b.
2. Schön D. A. Reflektiv mutaxassis: mutaxassislarning amaliy faoliyat jarayonida fikrlashi. – Nyu-York: Basic Books, 1983. – 374 b.
3. Stuckey R. T. Huquqiy ta‘limning eng yaxshi amaliyotlari: konsepsiya va yo'l xaritasi. – Columbia: Clinical Legal Education Association, 2007. – 261 b.
4. Yevropa Kengashi. Demokratik madaniyat kompetensiyalari: madaniy jihatdan xilma-xil demokratik jamiyatlarda teng yashash. – Strasburg: Council of Europe Publishing, 2016. – 92 b.
5. Usmonova, M.A. Ta‘limda institutsional hamkorlik va boshqaruv mexanizmlari . — Toshkent : Yangi nashr, 2020. — 204 bet.
6. Ahmedov, R.T. Yuridik klinikalar: ta‘lim va amaliyot integratsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2020. – 168 bet.
7. Ivanov, P.N. Universitet va davlat sektori hamkorligini raqamli monitoring qilish // Davlat boshqaruvi va ta‘lim.- 2022.- № 4.- B. 60-98.DOI:10.2468/pae.2022.4.60.
8. Yuldashev, B.S. OTM–davlat organlari hamkorligini tashkil etish reglamentlari. — Toshkent: Adolat, 2024. — 210 bet.
9. . Kadirova, L.M. Ta‘limda baholash rubrikalari va KPI: amaliy qo'llanma. — Toshkent : Innovatsiya, 2021. — 160 bet.
10. Petrova, E.V. Oliy ta‘limda yuridik klinikalar va komplaens masalalari // Huquqiy ta‘lim tadqiqotlari jurnali. – 2025. – № 1. 22–55-betlar. – DOI: 10.5678/jles.2025.1.22.
17. https://soff.uz