QO‘QON XONLIGIDA MUDOFAA INSHOOTLARI BARPO ETILISHINING HARBIY-SIYOSIY ZARURATI
Keywords:
Qo‘qon xonligi, mudofaa inshootlari, qal’a, qo‘rg‘on, istehkom, harbiy-siyosiy zarurat, chegara xavfsizligi, Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo bo‘yi, harbiy strategiya, Rossiya imperiyasi, xonlik mudofaa tizimiAbstract
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligida mudofaa inshootlari barpo etilishining harbiy-siyosiy zarurati tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Xonlikning tashkil topishi va hududiy jihatdan kengayib borishi jarayonida qal’a, qo‘rg‘on, istehkom va chegara mudofaa punktlari davlat xavfsizligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo bo‘yi, shimoliy va sharqiy chegara hududlarida mudofaa inshootlarining barpo etilishi ichki barqarorlikni saqlash, tashqi bosqinlarning oldini olish, savdo yo‘llarini nazorat qilish hamda xonlik hokimiyatining siyosiy mavqeini mustahkamlashga xizmat qilgan. Maqolada mudofaa inshootlarining qurilishiga ta’sir ko‘rsatgan siyosiy vaziyat, harbiy ehtiyoj, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar va Rossiya imperiyasi ekspansiyasi omillari yoritiladi. Shuningdek, Qo‘qon xonligi mudofaa tizimida qal’a va istehkomlarning strategik ahamiyati, ularning harbiyma’muriy boshqaruvdagi o‘rni hamda tarixiy jarayonlarga ta’siri ilmiy asosda ochib beriladi.
References
1. Bobobekov H.N. Qo‘qon tarixi. — Toshkent: Fan, 1996.
2. Kuzikulov I. Qo‘qon xonligi tarixi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. — Namangan: Namangan nashriyoti, 2014.
3. Akbarov R.X. “Qo‘qon xonligi tarixi” maxsus kursidan o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. — Farg‘ona: Farg‘ona davlat universiteti, 2015.
4. Vohidov Sh. Qo‘qon xonligi tarixi manbalari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
5. Mirzo Olim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin. — Toshkent, 1995.
6. Muhammadhakimxon to‘ra. Muntaxab ut-tavorix. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
7. Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tarixi Farg‘ona. — Toshkent: Ma’naviyat, 2005.
8. Muhammad Yunus Toib. Tarixi Alimquli Amirlashkar. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “O‘zbekistonning yangi tarixi” markazi, 1997.
9. Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. — Toshkent: Sharq, 1998.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. — Toshkent: Sharq, 2000.