YERNING SUKUTDAGI FARYODI
Kalit so'zlar:
Havoning ifloslanishi, atmosfera muhofazasi, ekologik muammolar, sanoat chiqindilari, transport emissiyasi, PM2.5 zarrachalari, inson salomatligi, iqlim o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik, barqarorAnnotatsiya
Ushbu maqolada havoning ifloslanishi muammosi badiiy-publitsistik va ilmiy-tahliliy yondashuv uyg‘unligida yoritilgan. Tadqiqotda atmosferaning ifloslanish manbalari, xususan transport vositalari, sanoat korxonalari va chiqindilarni yoqish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, havoning ifloslanishining inson salomatligi, ekotizimlar barqarorligi hamda global iqlim o‘zgarishiga ta’siri ilmiy manbalar asosida ochib berilgan. Maqolada PM2.5 kabi mayda chang zarrachalarining xavfi, ekologik muammolarning ijtimoiy oqibatlari hamda barqaror rivojlanish nuqtayi nazaridan muammoni kamaytirish yo‘llari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ekologik xavfsizlikni ta’minlash va jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish muhimligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha milliy hisobot. – Toshkent, 2022.
Karimov A., Abdullayeva M. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2020.