"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

TOMARQA YERLARNI EKISHGA TAYYORLASHDA TUPROQQA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARINING AGROTEXNIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • J Ro‘ziqulov

    Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)
    Author
  • J Hamroyev

    Buxoro davlat texnika universiteti magistranti
    Author

Kalit so'zlar:

ekishdan oldin ishlov berish, tuproqni yumshatish, strukturali agregatlar, tuproq zichligi, namni saqlash, begona o‘tlar, chizel-kultivator, boronalash, ekish oldi texnologiyasi, tomarqa yerlar

Annotatsiya

Mazkur maqolada tomarqa va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan yerlarga ekishdan oldin ishlov berishning agrotexnik ahamiyati yoritilgan. Tuproqni belgilangan chuqurlikda yumshatish, dala yuzasida mayin strukturali qatlam hosil qilish, tekislash va talab darajasida zichlash orqali tuproqda to‘plangan namni saqlab qolish, begona o‘tlarni bartaraf etish hamda urug‘larni bir tekis ekish va undirib olish uchun qulay sharoit yaratish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, tuproqni yumshatish jarayonida strukturali agregatlar hosil bo‘lishi, changsimon zarrachalarning salbiy oqibatlari hamda tuproqni kukunlash darajasining ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan. Maqolada ekish oldi ishlov berishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnika va agregatlar, xususan chizel-kultivatorlarning o‘rni, ularning samaradorligi va tuproqning zichlanishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari yuqori hosildorlikka erishishda tuproqqa oqilona va ilmiy asoslangan ishlov berish texnologiyalarini qo‘llash muhimligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

http://www.nrcs.usda.gov, http://cropwatch.unl.edu/tillage/ridge

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-son «О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mо‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida» gi Farmoni.

2018-2020 yillarda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash uchun texnologiyalar va mashinalar tizimi. I-qism. Dehqonchilik – Toshkent, 2018 – 255 b

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-04-01