"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARIDA MAKTABLAR VA MADRASALARNING O‘RNI, YANGI SOVET TA’LIM TIZIMINING JORIY ETILISHI

Mualliflar

  • KAMOLOV DIYORBEK JAMOLDIN O'G'LI

    UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE TARIX YO'NALISHI 2-KURS MAGISTRANTI
    Author

Kalit so'zlar:

Farg'ona vodiysi, sovet ta‘lim tizimi, an‘anaviy maktablar, madrasalar, likbez siyosati, yagona mehnat maktabi, savodxonlik, ta‘lim islohotlari, ideologiya, diniy, ta‘lim, o'qituvchi kadrlar, ijtimoiy modernizatsiya, 1926–1945-yillar, O'zbekiston SSR, ma‘naviy transformatsiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1926–1945-yillar oralig'ida Farg'ona vodiysida ta‘lim tizimining transformatsiyasi, xususan, an‘anaviy maktab va madrasalarning ijtimoiyma‘naviy hayotdagi o'rni hamda sovet ta‘lim tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishi ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining ta‘lim sohasidagi siyosati, uning ideologik yo'nalishlari, diniy ta‘lim muassasalariga nisbatan olib borilgan cheklovlar va ularning natijalari manbalar asosida yoritiladi. 

Shuningdek, maqolada yangi tipdagi maktablar (yagona mehnat maktablari, yetti yillik va o'rta maktablar) tashkil etilishi, savodsizlikni tugatish (likbez) kampaniyalari, o'qituvchi kadrlar tayyorlash tizimi va o'quv dasturlarining modernizatsiyasi masalalari kompleks tarzda ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida Farg'ona vodiysining o'ziga xos ijtimoiy-demografik xususiyatlari ta‘lim islohotlarining amalga oshirilishiga qanday ta‘sir ko'rsatgani ham tahlil etiladi.

Maqola natijalari shuni ko'rsatadiki, sovet ta‘lim tizimi joriy etilishi an‘anaviy diniy ta‘lim tizimining qisqarishiga olib kelgan bo'lsa-da, aholi orasida savodxonlik darajasining sezilarli oshishiga, yangi dunyoqarash shakllanishiga va mintaqada ijtimoiy modernizatsiya jarayonlarining jadallashishiga xizmat qilgan. Shu bilan birga, ushbu jarayonlar mahalliy madaniy va dini qadriyatlar bilan ziddiyatli holatlarni ham yuzaga keltirgan. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdurahimov, M. O'zbekiston ta‘lim tizimi tarixi (XX asr boshlarida). – Toshkent: Fan, 2005.

2. Axmedov, B. Sovet davrida O'zbekistonda madaniy qurilish. – Toshkent: O'zbekiston, 1998.

3. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti. O'zbekistonning eng yangi tarixi (1917–1991). – Toshkent: Fan, 2015

4. Sodiqov, Q. Farg'ona vodiysi ijtimoiy-madaniy hayoti tarixi. – Toshkent: Sharq, 2006.

5. Rakhimov, R. O'zbekistonda savodsizlikni tugatish siyosati (1920–1930-yillar). – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.

6. Qosimov, B. XX asr boshlarida Turkistonda ma‘rifatparvarlik harakati. – Toshkent: Sharq, 2004.

7. Rajabov, Q. O'zbekistonda ta‘lim tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. – Toshkent: Fan, 2010.

8. Yusupov, E. O'zbekiston SSRda madaniy siyosat va ta‘lim tizimi tarixi. – Toshkent: Universitet, 2013.

9. Xudoyberdiyev, A. Farg'ona vodiysi tarixi (XX asr). – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.

10. Tojimuhamedov, R. O'zbekistonda pedagogik fikr taraqqiyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011..

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-04-01