"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

Ayollar bepushtligida gormonal statusning ahamiyatini o’rganish

Mualliflar

  • Xodjamova Gulbaxor Adhamjon qizi

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universituti 1-son tibbiy radiologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
    Author
  • Akbarova Robiya

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universisteti 2-son davolash ishi fakulteti talabasi
    Author

Kalit so'zlar:

Bepushtlik, gormonal muvozanat, estrogen, progesteron, prolaktin, ovulyatsiya, reproduktiv tizim, FSG, LG

Annotatsiya

Ayollarda bepushtlik zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri bo‘lib, u reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligi va oilada farzand ko‘rish imkoniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bepushtlikning kelib chiqishiga gormonal buzilishlar, tuxumdon faoliyatining yetishmovchiligi, bachadon va bachadon naychalari patologiyalari, turli yallig‘lanish jarayonlari hamda tashqi muhit omillari sabab bo‘lishi mumkin [9]. Shuningdek, noto‘g‘ri turmush tarzi, stress, infeksion kasalliklar va genetik omillar ham ushbu holatning rivojlanishiga ta’sir etadi [5].Bepushtlikni aniqlashda zamonaviy diagnostika usullari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ultratovush tekshiruvi, gormonal tahlillar, laborator va klinik tekshiruvlar orqali kasallikning aniq sabablarini aniqlash mumkin [2] Bepushtlikni aniqlashda gormonal muvozanat muhim ahamiyatga ega. Asosiy gormonlar qatoriga follikulani stimulyatsiya qiluvchi gormon (FSG), lyuteinlashtiruvchi gormon (LG), estrogen, progesteron va prolaktin kiradi [4]. Shu bilan birga, qalqonsimon bez gormonlari (T3, T4, TSG) ham reproduktiv tizim faoliyatiga ta’sir qiladi [6]. Ularning darajasi buzilganda ovulyatsiya va homiladorlik jarayoni muammoga duch keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ayupova F.Sh., Axmedova D.I. Akusherlik va ginekologiya. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2019.

2. Allayorov Y.A. Reproduktiv salomatlik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2020.

3. Айламазян Э.К. Акушерство и гинекология. – Санкт-Петербург: СпецЛит, 2018.

4. Савельева Г.М. Гинекология. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2019.

5. Berek J.S. Berek & Novak’s Gynecology. – Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2020.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-05-03