"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

MAKKАJO‘XORI QURITISHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA GIBRID AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Jumaqulov Baxtiyorjon Shavkatillo o’g’li

    Andijon davlat texnika instituti TJICHAB 4-kurs K-29-22 guruh talabasi
    Author

Kalit so'zlar:

energiya tejamkorlik, makkajo'xori quritish, gibrid tizimlar, qayta tiklanuvchi energiya, intellektual boshqaruv, iqtisodiy samaradorlik, monopoliya, narx shakllanishi

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi makkajo‘xori quritish jarayonida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va gibrid avtomatlashtirilgan tizimlarning intellektual boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqish orqali qishloq xo‘jaligida samaradorlik va iqtisodiy foyda ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat. Tadqiqotda energiya tejamkor qurilmalar, xususan quyosh va biomassa gibrid texnologiyalari yordamida ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulot yetishtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy jihatdan, gibrid boshqaruv algoritmlari ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini optimallashtirish, an’anaviy yoqilg‘i xarajatlarini qisqartirish va foyda darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bozor sharoitida monopoliyalarning mavjudligi bunday energiya tejamkor gibrid texnologiyalarning narx shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi, bu esa mahsulot narxining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda monopoliyaning narx shakllanishiga ta'siri, raqobat muhitini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish yo‘llari iqtisodiy tahlil qilinadi. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mankiw N.G. Principles of Economics. Cengage Learning, 2021.

2. Varian H.R. Intermediate Microeconomics: A Modern Approach, 2022.

3. Samuelson P.A., Nordhaus W.D. Economics. McGraw-Hill, 2019.

4. Uzbekistan Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2020.

5. Krugman P., Wells R. Microeconomics. Worth Publishers, 2018.

6. Shodmonov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, 2021.

7. Uzbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi. 2022.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-05-12