"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

QASHQADARYO VILOYATIDA YAYLOV CHORVACHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Xoliqov Husniddin O‘rozdavlat o‘g‘li

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich magistranti
    Author

Kalit so'zlar:

yaylov chorvachiligi, arid hudud, chorva yuklamasi, degradatsiya, cho‘llanish, agroekologik monitoring, Qashqadaryo viloyati

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida yaylov chorvachiligini rivojlantirishning geografik xususiyatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda hududning tabiiy-geografik sharoiti — relefning zonalligi, iqlimning qurg‘oqchil kontinental xususiyati, tuproq va o‘simlik qoplami hamda suv resurslarining hududiy taqsimlanishi yaylov chorvachiligi rivojiga ta’siri nuqtayi nazaridan baholangan. Shuningdek, yaylov resurslarining tarkibi va sig‘imi, chorva yuklamasining mavjud darajasi, ortiqcha boqish natijasida yuzaga kelayotgan degradatsiya va cho‘llanish jarayonlari aniqlangan. Tahlillar natijasida yaylovlardan foydalanishda hududiy tafovutlarni hisobga olish, chorva yuklamasini ilmiy asosda me’yorlash, sun’iy yem-xashak bazasini kengaytirish, suv infratuzilmasini takomillashtirish hamda GIS asosida agroekologik monitoringni yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari Qashqadaryo viloyatida yaylov chorvachiligini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Furqat Turakulovich Rajabov. Qashqadaryo viloyatida paxtachilikning rivojlanishi va uning hududiy tashkil etilishi // O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 2012. № 40. 106-108 b.

2. Салиев, А. С., & Ражабов, Ф. Т. (2016). Особенности демографического и социально-экономического развития Кашкадарьинской области Республики Узбекистан. Псковский регионологический журнал, (1 (25)), 23-30.

3. Abdimurotov, O., & Odinayeva, Z. (2023). Dehqonobod kaliy zavodi va uning mamlakatimiz qishloq xo’jaligidagi ahamiyati // So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi, Respublika ilmiy uslubiy jurnal. № 6(6), 128-131.

4. Abdimurotov, O., G’uzor-Boysun-qumqo'rg’on temir yo'lining Surxondaryo viloyati rivojlanishidagi ahamiyati // O'zbekiston geografiyasi: tabiati, aholisi, xo'jaligi. Respublika ilmiy amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2013. 148-453 b.

5. Иброимов, Ш. И. Ў., & Болтаев, М. Ж. (2020). Ўзбекистон тоғ-водийларининг экотуристик имкониятлари ва улардан фойдаланиш. Academic research in educational sciences, (1), 21-26.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-06-11