"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI: ADABIY TIL, DIALEKT, SOTSIOLEKT, ARGO, JARGON VA JONLI SO‘ZLASHUV TILI

Mualliflar

  • Boymirova Farida Faxriddin qizi

    Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi
    Author

Kalit so'zlar:

lisoniy hamjamiyat, adabiy til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koine, jonli so'zlashuv tili, lingvistik va sotsiolingvistik belgilari

Annotatsiya

Ushbu maqola lisoniy hamjamiyatning asosiy aloqa vositalari – adabiy (standart) til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon hamda jonli so'zlashuv tilini sotsiolingvistika nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi. Lisoniy hamjamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy bog'lanishlar asosida birlashgan odamlar to'plami sifatida talqin qilinadi. Unda til birlashtiruvchi, ajratuvchi va obro'li vazifalarni bajaradi. Maqolada adabiy tilning kodlashtirilgan, ko'p funksiyali va ijtimoiy jihatdan nufuzli xususiyatlari, dialektning hududiy va ijtimoiy shakllari, jargon, argo va slengning muayyan guruhlar bilan bog'liq o'ziga xosligi, shuningdek, jonli so'zlashuvning norasmiy va o'zgaruvchan xususiyatlari yoritilgan. Maqola tilning ijtimoiy variativligini va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini ochib beradi. Asosiy manba sifatida Sh. Usmanova, N. Bekmuxamedova va G. Iskandarovaning ―Sotsiolingvistika‖ o'quv qo'llanmasi foydalanilgan. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Usmanova Sh., Bekmuxamedova N., Iskandarova G. Sotsiolingvistika. Toshkent: Universitet, 2014.

2. Belikov V. I., Krisin L. P. Sotsiolingvistika. M., 2001.

3. Dadaboev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Toshkent, 2004.

4. Gumperz J., Labov W. va boshqalar asarlaridan foydalanilgan xalqaro manbalar.

5. Elova D., Safarova G. Sotsiolingvistika: o'quv-uslubiy qo'llanma. – Toshkent: Azmir nashr print, 2022. – 155 b.

6. Enazarov T. Dialektologiya metodologiyasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.

7. Erkinova M. O'zbek tilida jargon, argo va slenglarning qo'llanishi. – Toshkent, 2023.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-04-17