LANGUAGE LEARNING CHALLENGES IN EARLY CHILDHOOD
Kalit so'zlar:
erta bolalik, til o‘zlashtirish, yosh o‘quvchilar, o‘rganishdagi qiyinchiliklar, diqqat, motivatsiya, emotsional omillar, o‘qitish strategiyalari, sinf muhitiAnnotatsiya
Erta bolalik davri til o‘rganish uchun eng qulay bosqichlardan biri hisoblanadi, chunki bu davrda bolalarning miyasi yuqori darajada moslashuvchan bo‘lib, ular yangi tovushlar va til strukturalarini oson o‘zlashtira oladi. Ko‘pincha bolalar tilni ongli ravishda emas, balki tabiiy ravishda, eshitish va taqlid qilish orqali o‘rganadilar. Biroq, ushbu afzalliklarga qaramay, 3–7 yoshdagi bolalar til o‘rganish jarayonida bir qator muhim qiyinchiliklarga duch keladilar.
Mazkur maqolaning maqsadi aynan shu yosh oralig‘idagi bolalarning til o‘rganishdagi asosiy muammolarini tahlil qilishdan iborat. Ushbu muammolar qatoriga diqqatning qisqa muddatli bo‘lishi, ya’ni bolalarning uzoq vaqt davomida e’tiborini jamlay olmasligi; yozish va o‘qishko‘nikmalarining hali to‘liq shakllanmaganligi; hamda ma’noni tushunishda ko‘proq kontekst va vizual vositalarga tayanish kiradi. Bundan tashqari, motivatsiya yetishmasligi, xavotir yoki o‘ziga ishonchsizlik kabi emotsional omillar ham o‘rganish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bruner J. Child’s Talk: Learning to Use Language.Oxford: Oxford University Press, 1983. 144 p.
2. Cameron L. Teaching Languages to Young Learners. Cambridge: Cambridge University Press, 2001. 272 p.
3. Krashen S.D. Principles and Practice in Second Language Acquisition. Oxford: Pergamon Press, 1982. 202 p.
4. Lightbown P.M., Spada N. How Languages are Learned.Oxford: Oxford University Press, 2013. 304 p.
5. Pinter A. Teaching Young Language Learners. Oxford: Oxford University Press, 2017. 328 p.