"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

O‘SMIRLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYA DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI

Mualliflar

  • Xodjamova Gulbaxor Adhamjon qizi

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universituti 1-son tibbiy radiologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
    Author
  • Rahmonov Ahliddin Akbarjon o‘g‘li

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universisteti 2-son davolash ishi fakulteti talabasi
    Author

Kalit so'zlar:

o'smirlar, arterial gipertenziya, epidemiologiya, persentil jadvallari, ikkilamchi gipertenziya, xalqaro standartlar, qon bosimi persentillari, epidemiologiya, etiologiya, patogenez, ikkilamchi gipertenziya

Annotatsiya

Ushbu maqolada o'smirlar orasida arterial gipertenziya (AG) muammosining dolzarbligi, xalqaro statistik ma'lumotlar asosida kasallikning tarqalish ko'rsatkichlari, etiologik omillar, patogenetik mexanizmlar va zamonaviy diagnostika yondashuvlari tahlil qilindi.  JSST va NHANES (2017-2020) ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo„yicha 12-19 yoshdagi o'smirlarning 11,2 foizida arterial qon bosimi 95-persentildan yuqori aniqlangan. AQShda o'tkazilgan ko'p markazli tadqiqotlar o'smirlarda AG tarqalishini 8-15% atrofida baholaydi, O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich 8-12% ni tashkil etadi. Semizlik bilan og„rigan o„smirlarda AG tarqalishi 24,8% gacha oshadi (normal tana vaznli o'smirlarda 4,5% ga nisbatan). Ikkilamchi AG sabablari orasida buyrak parenximatoz kasalliklari (55-60%), renovaskulyar patologiyalar (10-15%) va endokrin kasalliklar (10-12%) yetakchi o'rin egallaydi. Essensial AG asosan 16-18 yoshli o'smirlarda, asosan ortiqcha tana vazni (OR=3,2) va oilaviy moyillik (OR=3,5-4,0) bilan bog'liq holda rivojlanadi.  O'smirlarda AG ertapishloq diagnostikani, yosh, jins va bo'yga moslashtirilgan persentil jadvallaridan foydalanishni, 24 soatlik qon bosimi monitoringini va ikkilamchi sabablarni o'z vaqtida aniqlashni talab qiladi. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Second Task Force on Blood Pressure Control in Children, 1987

2. M.Ya.Studenikin – Gipertonik turdagi tomirlar vegetodistoniyasi klassifikatsiyasi

3. Qudratillayeva S.K., Saidrasulova G.B., Bafoyeva Z.O. – Postmenopauza davridagi ayollarda arterial gipertenziyaning kechishi

4. Flynn J.T. va boshq. – Clinical Practice Guideline for Screening and Management of High Blood Pressure in Children and Adolescents (AAP, 2017)

5. Lurbe E. va boshq. – European Society of Hypertension guidelines for the management of high blood pressure in children and adolescents (ESH, 2016)

6. National High Blood Pressure Education Program – The Fourth Report on the Diagnosis, Evaluation, and Treatment of High Blood Pressure in Children and Adolescents (2004)

7. Song P. va boshq. – Global prevalence of hypertension in children and adolescents: A systematic review and meta-analysis (JAMA Pediatr, 2019)

8. NHANES – National Health and Nutrition Examination Survey data (2017-2020)

9. World Health Organization – Global Hypertension Report (2021)

10. Wühl E. va boshq. – Secondary hypertension in children and adolescents (Nephrol Dial Transplant, 2020)

11. DeBoer M.D. va boshq. – Metabolic syndrome and hypertension in adolescents (J Clin Endocrinol Metab, 2019)

12. Meng Y. va boshq. – Risk factors for essential hypertension in adolescents (J Hypertens Res, 2022)

13. Brady T.M. va boshq. – The role of ambulatory blood pressure monitoring in children and adolescents (Pediatr Clin North Am, 2014)

14. Falkner B. – Hypertension in children and adolescents: epidemiology and natural history (Pediatr Nephrol, 2010)

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-05-06