"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

O‘QUVCHILAR BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARIGA QO‘YILGAN TALABLAR VA ULARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Mualliflar

  • Abdimurotov Oybek Uralovich

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Geografiya kafedrasi mudiri, p.f.f.d., dotsent
    Author

Kalit so'zlar:

geografiya ta’limi, bilim, ko‘nikma, malaka, metodika, xarita, geografik tahlil, amaliy mashq, kartografik ko‘nikma, ekologik ta’lim

Annotatsiya

Mazkur maqolada geografiya ta’limida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar hamda ularni shakllantirish metodikasi yoritilgan. Unda bilim, ko‘nikma va malaka tushunchalarining mazmuni, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, geografik bilimlarning empirik, nazariy, amaliy va axloqiy turlari, ularni o‘quvchilarda shakllantirish bosqichlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada geografik xaritalar, statistik ma’lumotlar, kuzatish, tahlil, amaliy mashqlar va geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda tabiiy, iqtisodiy, kartografik hamda ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot mazmuni geografiya ta’limi samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, analitik fikrlashi va amaliy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdimurotov O.U. Kredit-modul tizimi sharoitida geografiya fanidan talabalarning mustaqil ta’limini baholash mezonlari // TDPU Ilmiy axborotlari. Ilmiy-nazariy jurnal. 2025 yil, 3-son. 74-87 b.

2. Abdimurotov O.U. Uzluksiz ta’lim tizimida geografiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan axborot manbalari va o‘quv vositalari // “Uzluksiz ta’lim” ilmiyuslubiy jurnal. 2025. № 2. 97-101 b.

3. Abdimurotov O.U. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilariga mustaqil ta’limni tаshkil etishdа lоуihа ishlarining ahamiyati // “Tabiiy fanlar: yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. Toshkent. 2024. 18-19-oktyabr. 285-290-b.

4. Abdimurotov O.U. Geografiya o‘qitish metodikasi. Darslik, Toshkent “Ilm nurli kitob” nashriyoti, 2025. -550 b.

5. Abdimurotov O.U. Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi. O‘quv qo‘llanma (oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun). Toshkent “Ilm nurli kitob” nashriyoti, 2024. -674 b.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-06-11