"Taraqqiyot spektri" jurnali logosi

Namangan viloyatida 2000–2016-yillarda madaniy turmush darajasi va urbanizatsiya jarayonlari

Mualliflar

  • Alisherov Axmadali Adxamjon o’g’li

    University of Business and Science Tarix mutaxasisligi bo’yicha 2-kurs magistranti
    Author

Kalit so'zlar:

Namangan viloyati, urbanizatsiya, madaniy turmush darajasi, shahar aholisi, demografik jarayonlar, madaniy infratuzilma, madaniyat va istirohat bog‘lari, hududiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot, urban muhit.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Namangan viloyatida 2000–2016-yillarda kechgan urbanizatsiya jarayonlari hamda ularning aholi madaniy turmush darajasiga ta’siri tarixiy va statistik manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatda aholi sonining o‘sishi, shaharlar ulushining ortishi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi natijasida urbanizatsiya jarayonlarining jadallashgani aniqlangan. Shuningdek, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat markazlari, kutubxonalar va boshqa madaniy muassasalar faoliyatidagi o‘zgarishlar hamda ularning aholi madaniy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari urbanizatsiya jarayonlarining hudud ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini, shu bilan birga shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi ayrim tafovutlar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatadi. Maqolada urbanizatsiya va madaniy taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan hamda hududni barqaror rivojlantirish yuzasidan tegishli xulosalar va takliflar ilgari surilgan.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2026-06-26