Ko‘chmas mulkni begonalashtirish shartnomalari bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotining tavsifi
Kalit so'zlar:
ko‘chmas mulk, begonalashtirish shartnomasi, huquqni qo‘llash amaliyoti, sud amaliyoti, ko‘chmas mulk bitimlari, shartnomani haqiqiy emas deb topish,, halol xaridor, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat reyestri, kadastr, notarial tasdiqlash, umrbod boqish shartnomasi, umumiy mulk, meros, mediatsiya, huquqiy savodxonlikAnnotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni begonalashtirish shartnomalari bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti tizimli va qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda sud amaliyotida uchraydigan nizolar tipologik jihatdan tasniflanib, shartnomani haqiqiy emas deb topish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga majburlash, xaridorning huquqlarini himoya qilish, umrbod boqish shartnomalarini bekor qilish, shuningdek, meros va umumiy mulk ulushlari bilan bog‘liq nizolarning asosiy sabablari va huquqiy tabiati ochib berilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy muammolar, kadastr va davlat reyestri ma’lumotlarining integratsiyasi, ko‘chmas mulkning haqiqiy qiymatini shartnomada aks ettirish, halol xaridor huquqlarini himoya qilish hamda huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlash masalalari o‘rganilgan. Xorijiy tajriba asosida ko‘chmas mulk davlat reyestriga nisbatan ishonch prezumpsiyasini kuchaytirish, nizolarni mediatsiya orqali hal etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ilmiyamaliy xulosalar ishlab chiqilgan.